«Demokratiyani himoya qiliş alyansi» Markazi «Rossiya taşviqoti»ni kuzatib boradigan saytni işga tuşirdi. U Rossiya OAV, jumladan RT telekanali va Sputnik agentligi faoliyatini ham tahlil qilib boradi. Bu haqda markazning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

«Demokratiyani himoya qiliş alyansi» doirasida oçilgan Hamilton 68 axborot maydoni Rossiya tomonidan tarmoqda taşviqot va notöğri axborot tarqatiş çoralarini kuzatişni taklif etadi», — deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanişiça, bu tizim «Rossiya tomonidan ta'sir körsatiş bilan boğliq 600 ta Twitter akkauntini kuzatadi».

Xususan, portalda RT, Sputnik va Rossiya TIVning ingliz tilidagi akkauntlaridan iqtiboslar keltiriladi.