Majburiy ijro byurosining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasining Qönğirot tumani bölimi davlat inspektori S.Maşaripov (ismi-şariflar özgartirilgan) tomonidan tumandagi "Örnek" MFYda yaşovçi fuqaro X.Qabulovning tabiiy gazdan jami 312 ming 331 söm miqdorida qarzi bor ekanligi aniqlanib, uni tez kun içida tölaşi lozim ekanligi haqida rasmiy talabnoma bergan, deb yozadi Kruz.uz.
Şu vaqtda uy egasi xizmat vazifasini ijro etayotgan inspektor S.Maşaripovni haqorat qilib, uni muşt bilan bir marta urib, izidan quvib yetib, oyoği bilan tepib, kiyimlaridan tortib, hokimiyat vakiliga qarşilik körsatgan.
Bu holat böyiça Qönğirot tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Qabulovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-bölimi va 277-moddasining 3-bölimi "g" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olindi.











