Ijtimoiy tarmoqlarda yöl-patrul xizmati avtomobilining ustiga çiqib olgan fuqaro tasvirlangan video tarqaldi. Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
2022 yil 25 yanvar kuni soat 15:00 larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumani, Ipak yöli köçasida körinişidan voyaga yetmagan bola yöl harakati xavfsizligi boşqarmasiga tegişli bölgan va töxtab turgan "Lacetti" rusumli maxsus xizmat avtomobilining ustiga çiqqan hamda uning mazkur xatti-harakatlari dösti tomonidan tasvirga olingan.
Holat yuzasidan suriştiruv olib borilganda, mazkur huquqbuzarlikni voyaga yetmagan, 2005 yilda tuğilgan B.T. sodir etgani ma’lum bölgan.
Hududiy profilaktika inspektori tomonidan töplangan hujjatlar voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman idoralararo komissiyasi tomonidan örganilgan.
Qayd etilişiça, uşbu voyaga yetmagan bolaning otasi J.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 47-moddasi (bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) birinçi qismi tartibida bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.
“Barça ota-onalardan öz farzandlariga e’tiborli bölişni, tartib va qoidalar haqida doimiy ravişda tuşuntirişlar berib borişni söraymiz”, deyiladi ma’lumotda.













