Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşdi.

Tadbirda milliy taniqli madaniyat namoyondalari, atoqli şoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san'ati sohasining atoqli hamda yoş vakillari, san'atşunos olimlar, jurnalistlar iştirok etdi.

Majlisda davlat rahbari Özbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantiriş böyiça Prezident qarori tayyorlanayotganini ma'lum qildi. Uşbu hujjatga köra, Badiiy akademiya a'zolarining ijtimoiy ta'minot şaroiti Özbekiston Fanlar akademiyasi a'zolarining ijtimoiy ta'minot şaroitiga tenglaştiriladi. Rassom va haykaltaroşlar tomonidan yaratilgan kartinalarni davlat muzeylariga sotib oliş uçun Madaniyat vazirligiga har yili 2 milliard söm miqdorida mablağ ajratiladi.