Rossiyaga nisbatan AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan va yangilangan iqtisodiy sanksiyalar köringanidan ham köproq taşvişni keltirib çiqarişi mumkin. Bu haqda Germaniya Taşqi işlar vaziri Zigar Gabriel bayonot bergan. Vazir juma kuni mamlakatning şimoliy şaharlaridan biri, Volfsburgda AQŞ hukumati tomonidan e'lon qilingan sanksiyalar Yevropa va Rossiya munosabatlariga ham jiddiy zarar yetkazişini ta'kidlagan.

"Taşqi siyosiy manfaatlarni iqtisodiy foyda oliş maqsadida aralaştirib yuboriş mumkin emas. Agar Yevropa rus gazini sotib olmasa, Amerika taklif qilayotgan narxda resurslarni xarid qilişimizga töğri keladi”, - deydi u.

Eslatib ötamiz, prezident Donald Tramp çorşanba kuni Rossiyaga nisbatan kuçaytirilgan yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy etiş böyiça qarorga imzo qöygan. Lekin u özining ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida bunday harakatda faqat Kongressni ayblaş kerakligini, unga bosim bölayotgani haqida yozib ötgan.