Dunyo böyiça taşviş keltirgan WannaCry virusini töxtatgan britaniyalik dasturçi Markus Xatçins zararli dasturiy ta'minot işlab çiqişda iştirok etganini tan oldi. Bu haqda The Telegraph gazetasi prokurorga tayangan holda yozmoqda. 

3 avgust kuni The Verge naşri yozişiça, Xatçins banklarning onlayn amaliyotlari va kredit kartoçkalaridagi ma'lumotlarni öğirlaydigan Kronos nomli dasturni işlab çiqqanlikda va undan foydalanganlikda gumon qilingan. 

Amerika hukumatining ta'kidlaşiça, Xatçins uşbu DTni reklama qilgan va foyda oliş maqsadida sotgan. Kronos ilk bora 2014 yil iyul oyida mutaxassislar tomonidan aniqlangan.

"U (Xatçins) Kronos kodining muallifi bölganiga iqror böldi va uni sotganini aytdi", - deya prokuror Den Kouig sözlarini keltiradi gazeta.

Sudya 30 ming dollar garov puli belgilagan. U internetdan foydalana olmaydi, uning joylaşuvi GPS vositasida kuzatuvda böladi. 

Internetda MalwareTech nomi bilan tanilgan Xatçins 13 may kuni WannaCry ta'magir virusini töxtatganini e'lon qilgan edi. 

Uşbu virus kompyuterlar tizimlarini bloklab, kirişni tiklaş uçun ma'lum miqdorda pul ta'ma qilgan.