2017 yilda WannaCry global virusi tarqalişini töxtatgan britaniyalik kompyuter eksperti Markus Xatçins Kronos virusini yaratgani va tarqatganligiga iqror böldi, deb xabar berdi TechCrunch naşri.

Naşrning yozişiça, Xatçinsning aybiga iqrornomasi Viskonsin ğarbiy okrugi sudiga topşirilgan. U ilgari öziga nisbatan qöyilgan ayblovlarning ikkitasiga iqror bölgan.

Xabar qilinişiça, u 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.

Xatçins qilgan işi uçun puşaymonligini va xatolari uçun javobgarlikni töliq öz zimmasiga olişini bildirgan.

2017 yilda WannaCry virusi dunyoning 150 mamlakatidagi 200 mingdan ortiq foydalanuvçining kompyuteriga zarar yetkazgandi. Markus Xatçins uşbu virusga qarşi "davo" topgan.

2017 yil iyulida AQŞ Federal qidiruv byurosi Xatçinsni Kronos virusini tarqatişda ayblab hibsga olgandi. 2018 yilda unga nisbatan zararli dasturlar yaratiş va FQBga yolğon körsatma beriş ayblovlari qöyilgan.