Federal qidiruvlar byurosi WannaCry ta'magir-virusini bir özi töxtata olgan va 3 avgustda hibsga olingan dasturçi Markus Xatçinsni nimada ayblayotgani ma'lum böldi.
Viskonsin ştati tuman sudida aytilişiça, Buyuk Britaniya fuqarosi bölgan 22 yoşli Xatçins Kronos deb nomlangan bank troyanini yaratişda ayblanmoqda. Bu virus bank onlayn-operatsiyalari va kredit kartalardagi ma'lumotni öğirlaş uçun qöllangan.
AQŞ hukumatining ta'kidlaşiça, dasturçi uşbu dasturni şaxsiy foyda köriş maqsadida reklama qilgan va sotgan. Kronos virusi mutaxassislar tomondan ilk bor 2014 yil iyulda aniqlangan.
AQŞ hukumati vakilining aytişiça, Xatçinsga qöyilayotgan ayblovlar WannaCry virusi tarqalişiga aloqador emas.
Bu işda yana bir gumonlanuvçi bor, biroq u ozodlikda ekanligi yoki qölga olingani ma'lum qilinmagan.
Xatçins Las-Vegasda uşlangandi. U Kryptos Logic kompaniyasi xodimi hisoblanadi. U tasodifan WannaCry virusi tarqalişini töxtata olgandan keyin maşhur bölib ketgan.












