Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev boş vazir Bakitjon Sagintayev bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv davomida Nazarboyevga joriy yilning 7 oyi yakunlariga köra hukumatning faoliyati haqida hisobot taqdim qilindi.
Qozoğiston prezidenti mamlakat rivojlanişi iqtisodiy körsatkiçlarining ijobiy dinamikasini qayd qilib ötdi hamda davlat va tarmoq dasturlarining amalga oşirilişi muhimligini ta'kidlab ötdi.
Nazarboyev 7 oy yakunlariga köra asosiy iqtisodiy körsatkiçlar ösgani haqida xabardor qilindi.
"Iqtisodiyot ösişi 4,2 foizni taşkil qildi. Işlab çiqariş sohasidagi körsatkiçlar neft qazib oliş darajasi pasaygan Qizilörda va Mangistau viloyatlaridan taşqari, mamlakatning barça viloyatlarida 100 foizdan oşgan. Investitsiyalar jalb qilinişi böyiça ötgan yilga nisbatan 3,7 foizlik ösiş kuzatilgan. Barça viloyatlarda körsatkiçlar ijobiy. Inflyatsiya darajasi iyun oyiga nisbatan 0,1 foizga oşgan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,5 foizga kamaygan. Işsizlik darajasi 4,9 foizni taşkil qilgan", deb hisobot bergan Sagintayev.
"Iqtisodiyotning asosiy ösişiga "Nurli jol" dasturi amalga oşirilişi turtki bermoqda. Joriy yilda avtomobil yöllari qurilişiga 356 mlrd tanga sarflaş közda tutilgan. Joriy yilda 600 km yöl işga tuşirilgan. Yil oxirigaça 469 km yöl pullik böladi. Bunday tizim işga tuşirilgan birinçi trassa "Ostona – Borovoye" böldi, u yiliga 1,5 mlrd tanga keltiradi va şu yöl bilan qurilişiga ketgan mablağlarni qoplaydi", deb aytgan boş vazir.
Nazarboyev uçraşuv yakunida hukumat va akimlar oldiga qöyilgan vazifalarni amalga oşirişni davom ettiriş topşiriğini bergan. "Fikrimça, hukumat astoydil işlamoqda. Men hammaga murojaat qilaman, yil oxirigaça yaxşi körsatkiçlar bilan çiqişimiz uçun hammamiz uyuşqoqlik bilan işlaşimiz zarur. Xatarlar mavjud. Energiya taşuvçilar, xom aşyolarimizga narxlar özgarişi mumkin. Ğarbning Rossiyaga sanksiyalari ta'sir qilişi mumkin. Buni hisobga oliş lozim", deb aytgan Nazarboyev.












