Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoşlar simfonik orkestrini qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi farmoyişi e'lon qilindi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylaştirilgan.
Unga köra, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşining Toşkent şahar “Yoşlar ijod saroyi” nodavlat notijorat taşkilotining Yoşlar simfonik orkestri uçun ilovaga muvofiq tovarlarni xarid qiliş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Bunda, mazkur tovarlar Özbekiston yoşlar ittifoqining mablağlari hisobidan “Özsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati orqali xorijdan xarid qilinişi inobatga olindi.
Yoşlar simfonik orkestri uçun “Özsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xorijdan olib kelinadigan tovarlar 2018 yil 31 dekabrgaça bojxona tölovlaridan (bojxona yiğimlari bundan mustasno) ozod qilindi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli bank bilan birgalikda mazkur farmoyişning ilovasida körsatilgan tovarlarni xorijdan xarid qiliş uçun mablağlarning belgilangan tartibda konvertatsiya qilinişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi Davlat bojxona qömitasi bilan birgalikda mazkur farmoyişning ilovasida körsatilgan röyxat böyiça xorijdan olib kelinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilişi ustidan qat'iy nazorat örnatadi.
Olib kelinadigan tovarlar maqsadsiz foydalanilgan taqdirda bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar berilişi munosabati bilan tölanmagan bojxona tölovlari summasi qonunçilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qöllagan holda Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga undiriladi.
Mazkur farmoyişning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi Q.K.Kuranbayev zimmasiga yuklandi.











