Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Farmonda ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi taşqi audit va moliyaviy nazoratning eng yuqori organi hisoblanadi.

Palata öz vakolatlarini mustaqil ravişda bajaradi va barça davlat idoralari hamda taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan erkin böladi va öz faoliyatida bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentiga böysunadi, unga, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot beradi.

Hisob palatasi Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tizimli asosda öz faoliyati, jumladan Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tuşumlar töliqligini ta'minlaş böyiça faoliyati haqida ma'lumot taqdim etadi.

Farmonga köra, palata Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti loyihalari parametrlarini şakllantiriş va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning ustuvor jihatlariga mosligini tizimli tahlil qiladi, qabul qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarni moliyalaştiriş manbalari auditini ta'minlaydi.

Şuningdek, palata byudjyet tizimi byudjyetlariga mablağlar va byudjyetdan taşqari boşqa mablağlar töliq tuşişini örganib boradi hamda nazorat qiladi, zamonaviy axborot texnologiyalarini qöllaşni kengaytiriş orqali byudjyet daromadlarini oşirişni aniqlaydi va zaxiralarini safarbar qiladi.

Hisob palatasi byudjyeti tizimi byudjyetlari va byudjyetdan taşqari boşqa mablağlar hisobidan xarajatlarning samaradorligi va qonuniyliligini auditdan ötkazadi, ularni barça darajalarda qisqartiriş böyiça zaxiralarni aniqlaydi v.h.

Hisob palatasiga Özbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlari holati, oltin-valyuta zaxiralarini boşqarişni, şuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan amalga oşiriluvçi amaliyotlarni taşqi auditdan ötkaziş vazifasi ham topşirildi.

Özbekiston rahbari Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining tuzilmasi hamda ştat birligi va Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi töğrisidagi Nizomni tasdiqladi.

Prezident Hisob palatasiga davlat organlari va taşkilotlarining yuklatilgan vazifalarni bajarişda qöllaniluvçi  ma'lumotlar bazasiga kiriş, davlat organlari va taşkilotlariga öz vakolatlari doirasida ularning ma'lumotlar bazasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etiş böyiça bajariş uçun majburiy bölgan taqdimnomani kiritiş va moliya, soliq hamda boşqa organlar xodimlarini Davlat byudjyeti daromadlar prognozi töğriligini baholaş böyiça amalga oşiriluvçi tadbirlarga jalb etiş huquqini berdi.