Özbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş böyiça Davlat inspeksiyasida Özbekiston va Turkiya aviatsiya ma'muriyatlari örtasida ikki tomonlama maslahatlaşuvlar bölib ötdi. Bu haqda “Özbekiston havo yöllari” MAK xabar berdi.
Uçraşuvda aviataşuvlar sohasida ikki tomonlama hamkorlikning yangi jihatlari muhokama qilindi. Turkiya Respublikasi Transport, dengiz işlari va kommunikatsiyalar vazirligi fuqarolik aviatsiyasi boş boşqarmasi boş direktori Baxri Kesiçining sözlariga köra, Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş va har tomonlama rivojlantiriş Turkiya taşqi siyosatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Uçraşuvda yangi yönalişlarni oçiş va havo qatnovi töğrisidagi ikki tomonlama Kelişuvga özgartiş hamda qöşimçalar kiritiş masalalari muhokama etildi. Tomonlar ikki davlatning tayinlangan aviataşuvçilari örtasida tijorat hamkorligi böyiça masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.

Maslahatlaşuvlar yakuni böyiça majlis Bayonnomasi imzolandi, unga muvofiq ikki davlatning tayinlangan aviakompaniyalariga Samarqand va Istanbul şaharlari örtasida 2017-2018 yilgi qişki navigatsiya davrida haftasiga bir marotaba muntazam reysni, yozgi jadvaldan boşlab esa – har bir aviataşuvçi tomonidan haftasiga ikki parvozni amalga oşiriş huquqi berildi. Şu bilan birga, Toşkent hamda Istanbul örtasida amalga oşiriluvçi reyslar soni özgarişsiz qoladi.












