Vaşington rossiyalik diplomatlarning harakatlarini yanada çegaralaşi va notifikatsiya jarayonini qat'iylaştirişi mumkin. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi diplomatik manbalariga asoslangan holda yozmoqda.
Naşrga köra, bu Moskvaning diplomatik xodimlar soni va diplomatik mulkka nisbatan qöllagan çoralariga javob tariqasida qöllanilişi mumkin.
Rasmiy Vaşington, Rossiya elçixonasi xodimlari va texnik işçilarining harakatlaniş perimetrini hozirgi 25 mil (40 km) radiusdan 10-15 mil (16-24 km) radiusgaça qisqartirişi mumkin. Şu bilan birga, Rossiya elçixonasi xodimlari hukumat tomonidan belgilangan me'yorlardan uzoqdagi hududlarga çiqadigan bölsa, 3 kun avval davlat departamentini ogohlantirişlari talab etiladi.
Ayni vaqtda bu çeklov 25 milni taşkil etadi. U prezident Barak Obama vaqtida joriy qilingan edi. Bu me'yorlar elçixonaning örta va kiçik qatlamiga nisbatan joriy etilgan. U maslahatçilar va yuqori lavozimli diplomatlarga tatbiq etilmaydi.












