Ukraina milliy xavfsizlik xizmati kotibi Aleksandr Turçinovning ma'lum qilişiça, mamlakat mudofaa va aviafazoviy majmualari Şimoliy Koreyaga qurol va harbiy texnologiyalarni yetkazib bermagan. Bu haqda kuç mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq NYT KXDR raketalari uçun dvigatellar Ukrainadan olingan bölişi mumkinligini xabar qilgandi.

Uning sözlariga köra, ba'zi xorijiy OAV “Yujmaş”ning raketa texnologiyalari Şimoliy Koreyaga berilgani böyiça yolğon ma'lumot tarqatişni boşladi.

Turçinovning sözlariga köra, bu ma'lumot heç qanday asosga ega emas, hamda aftidan, “rus maxsus xizmatlari tomonidan qözğatilgan”.

Uning ta'kidlaşiça, Ukraina KXDRdagi hukmron rejimni “totalitar, xavfli, deb hisoblaydi hamda bu davlatga qarşi barça sanksiyalarni qöllab-quvvatlaydi”.