Deyarli har kuni ommaviy axborot vositalarida fuqarolarni firibgarlarning tuzoğiga ilinib qolişini oldini oliş maqsadida, ogohlikka çorlovçi körsatuv, eşittiriş va maqolalar berilib, firibgarlardan ogoh qilib borilsa-da, afsuski, hamon özganing haqidan hazar qilmaydigan ayrim şaxslar, gohida özlarining mansablaridan foydalangan holda firibgarlik yöli bilan fuqarolarning işonçiga kirib, ularning pullarini qölga kiritiş kabi açinarli holatlar hamon uçrab turibdi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli poliklinika tibbiy maslahat komissiyasi vraçida işlab kelgan Qurvonmurot Jörayev öz xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro M.Mustafoyevni Iştixon tumanlararo tibbiy mehnat ekspertizasi vakolatli şaxslarini manfaatdor qiliş orqali unga II guruh nogironlik nafaqasini çiqarib berişga va'da berib, uşbu xizmat evaziga 600 ming söm pul berişini talab qilgan.

Joriy yilning 15 avgust kuni fuqaro M.Mustafoyevning huquq-tarğibot idoralari  qilgan murojaati asosida Oqdaryo tuman prokuraturasi, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti Samarqand viloyat boşqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Qurvonmurot Jörayev fuqaro M.Mustafoyevdan 600 ming söm pullarni tamagirlik yöli bilan pora tariqasida olayotgan vaqtda voqea joyida qölga olingan. Tezkor tadbir davomida qölga kiritilgan aşyoviy dalillar tegişli tartibda xolislar iştirokida rasmiyloştirilib, Jörayevga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.

Şuningdek, Oqdaryo tumanida yaşovçi fuqaro Yu.Yovqoçevaning huquq-tarğibot idoralari yozgan arizasiga asosida joriy yilning 17 avgust kuni Oqdaryo tuman prokuraturasi va departamentning Oqdaryo tuman bölimi xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumani elektr ta'minot korxonasi rahbari Şavkat Xöjanov özining xizmat xonasida fuqaro Yovqoçevadan uning xonadonida elektr energiyasidan bölgan 1 million 43 ming söm miqdoridagi qarzdorlikni yöqotib, qarzdorligi yöqligi haqidagi ma'lumotnomani rasmiylaştirib beriş evaziga 300 ming söm miqdordagi pullarni pora tariqasida tamagirlik yöli bilan olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi taşkilot vakillari tomonidan qölga olindi.

Bugun özganing işonçiga kirib, tamagirlik orqali uning muşkulini oson qiliş evaziga pora talab qilgan Şavkat Xöjanov Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan, Qurvonmurot Jörayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farhod Norbötayev,

jurnalist