Fransiyada 2016 yil qabul qilingan yangi qonun böyiça, supermarket şoxobçalarida sotilmay qolgan oziq-ovqatlarni çiqindixonalarga taşlaş mumkin emas, şuningdek, bunday mahsulotlarni majburiy tartibda muhtojlarga tarqatiş lozim.
Oradan bir yildan oşiq vaqt ötib, bu qonun loyihasiga nisbatan sotuvçi, xaridor va kuzatuvçilarning munosabati qanday?
Belgilangan tartibga köra, 400 kv. m maydon va undan katta joyni egallagan supermarket rahbariyati 2016 yilning iyul oyiga qadar mahalliy xayriya jamiyatlari bilan şartnoma tuzişga majbur edi. Uşbu taşabbus bilan parlamentda nutq sözlagan Araş Derambaşning aytişiça, u qiş kunlari supermarket atrofidagi çiqindi çelaklarini ovqat ilinjida titkilab ötirgan kişilarni körgan. Şundan söng, söl markazçi Araş bunday hayotiy sinovlarga atrofdagi tadbirkorlar yordam berişi kerak, deb öylab, yangi qonun loyihasini muhokamaga kötargandi.
Jamoatçilik tarafidan iliq kutib olingan taşabbus amalda yaxşi natijalar keltira boşladi. Restos du Coeur xayriya fondining rahbari Oliver Berti bu haqda şunday deydi:
"Oçiği, biz bundan juda xursand böldik, vaqt ötib biz tarqatişimiz lozim bölgandan köra, köproq ovqat ola boşladik. Holatni tahlil qilib tuşundikki, muhtojlar safi kamayib bormoqda", deydi u.
Şunga qaramay oziq-ovqat yetkazib beruvçi va savdosi bilan şuğullanuvçi Fransiya çakana savdo federatsiyasi vakili amaldagi qonundan norozi ekanligini bildirgan.
"Biz çiqargan çiqindi Fransiyadagi butun qismning 5 foizini taşkil etardi. Ayni paytda 4500 supermarket mahalliy kiçik fondlar bilan şartnoma tuzdi, bu yomon körsatkiç emas. Ammo bu uzoq muddatdagi savdo munosabatlariga salbiy ta'sir ötkazişidan qörqamiz", deydi Jak Kreysel.
Lill şahri yaqinidagi Leklerk supermarketi iş boşqaruvçisi Tomas Poçer vaziyatga boşqaça yeçim öylab topgan: Savdo xodimlari kassaga yaqinlaşgan har yettinçi xaridorga bir yegulikni tekinga taqdim etadi. Fransiya Ekologiya vazirligi taqdim etgan ma'lumotga köra, çiqindilarning 67 foizini uy xöjaligi sohiblarining hissasiga töğri keladi. Bu örinda turmuşda ham oddiy iqtisodiy bilimlarni takrorlab oliş ziyon qilmaydi.
Ma'lumot uçun, uşbu qonun mazmuniga mos keladigan hujjat Italiyada ham qabul qilingan bölib, bu davlatdan yordam nafaqasini sörab murojaat etuvçi arizaçilar sonini tuşib borişiga sabab bölmoqda.










