Özbekistonning har bir tumanida har yili muhtoj xotin-qizlarga 6-10ta arzon uy-joylar ajratiladi.
Bu haqda "Oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bölgan, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalarga arzon uy-joylar beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida"gi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida şunday deyiladi.
Qarorda ma'lum qilinişiça, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uçun beriladigan uylarni moliyalaştiriş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- 25 foiz boşlanğiç badal xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablaği;
- 75 foizi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari orqali.
Agar talabgorni kredit qoplaşga imkoniyati bölmasa, olingan mablağlari - u işlayotgan taşkilot, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi mablağlari hisobiga qoplab beriladi.












