Yevropadagi supermarketlar tarmoqlari yangi hakerlik hujumlari haqida maʼlum qildi. Hujumlar oqibatida sovitiş uskunalari muzdan xalos böliş rejimiga ötib ketgan.

Reuters naşrining yozişiça, Ahold Delhaize va Colruyt tarmoqlari rahbariyati 2-noyabr kuni uşbu hujum Belgiya va Lyuksemburgdagi bir neça önlab dökonlarga taʼsir körsatganini maʼlum qilgan. Ahold Delhaize tarmoğidagi sovitiş uskunalari uçun masʼul bölgan Sabcobel kompaniyasi Belgiyaning Belga axborot agentligiga gap hakerlik hujumi haqida ketayotganini bildirgan. Colruyt (Belgiyadagi Spar dökonlari operatori) esa beşta dökonda sovitiş uskunalari işdan çiqqaniga aniqlik kiritgan.

Yle naşrining yozişiça, Şvetsiyaning ICA supermarketlar tarmoği ham muzlatgiçlar işidagi nosozliklar haqida xabar bergan. Kompaniya maʼlumotlariga köra, muzlatgiçlar 50°C haroratli muzdan xalos böliş rejimiga ötib ketgan va buning oqibatida köplab mahsulotlar aynib qolgan. Aftonbladet gazetasining xabar berişiça, şunga öxşaş muammo Şvetsiyaning markaziy qismidagi Coop Group’ga qaraşli oltita dökonda ham kuzatilgan.

Reuters agentligining xabar berişiça, Estoniyadagi supermarketlar tarmoqlaridan biri ham şunday muammoga duç kelgan. Tarmoq nomi va boşqa tafsilotlar oşkor etilmayapti.

Yevropa davlatlarining huquq-tartibot idoralari hakerlik hujumi ortida kim turganini hozirça maʼlum qilmadi.

Oktabr oyida hakerlar Fransiyadagi turli tarmoqlarga qaraşli bir neça yuzlab supermarketlarning sovitiş uskunalari işiga noqonuniy aralaşgan edi. Şunda ham yovuz niyatli kimsalar muzlatgiçlarni 50°C haroratli isitiş rejimiga ötkazib qöygan. Şuningdek, Niderlandiyada ham öz supermarketlariga ega bölgan Ahold Delhaize tarmoği öz ilovasi işida uzilişlar yuz berganini maʼlum qilgandi.