21 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Yiğilişi Federatsiya Kengaşi Raisi örinbosari Ilyos Umaxanov bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Suhbat çoğida Özbekiston va Rossiya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni va parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Joriy yilning kuz faslida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Hamkorlik böyiça komissiyasining va Rossiya Federal Yiğilişi Federatsiya Kengaşining birinçi majlisini Toşkent şahrida taşkil etiş hamda uşbu tadbir doirasida Özbekiston-Rossiya biznes-forumini va “Mintaqalar forumini” ötkaziş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

I.Umaxanov Rossiya tomoni yirik mintaqalarning va Özbekiston uçun ustuvor bölgan tarmoqlarda faoliyat körsatayotgan yetakçi kompaniyalarning rahbarlarini mazkur forumlar işida qatnaşişga jalb qiliş uçun barça sa'y-harakatlarni işga solişiga işonç bildirdi.