Xitoy AQŞni 22 avgustda Xitoy kompaniyalariga kiritgan yangi sanksiyalarini zudlik bilan bekor qilişga çaqirdi. Bu sanksiyalar ikki davlat hamkorligiga ta'sir qilişi mumkin. Bu haqda Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi vakili aytib ötdi.
“Xitoy BMT Xavfsizlik kengaşi doirasidan taşqarida bir tomonlama sanksiyalar kiritilişiga qarşi”, deb aytilgan Xitoy elçixonasida.
“Biz AQŞni bu xatosi tegişli masalalar böyiça ikki tomonlama hamkorlikka putur yetkazmasligi uçun uni zudlik bilan töğrilaşga qat'iyan çaqiramiz”, deb aytgan Xitoy vakili.
22 avgustda AQŞ moliya vazirligi öz sanksiyalar röyxatiga Xitoyning bir fuqarosi va 5 kompaniyasining kiritilişini e'lon qildi. Bunga uşbu kompaniyalarning Şimoliy Koreya bilan hamkorlik qilgani sabab qilib körsatilgan.












