Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morçilik sohasidagi davlat mukofotlarini beriş töğrisida»gi PF-5162-sonli farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident rasmiy saytida ma'lumot e'lon qilindi.
Farmon matni qöyidagiça:
1. Özbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morçilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta'sis etiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF-3781-sonli Farmoni va Özbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morçilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengaşining 2017 yilgi Davlat mukofotlari böyiça taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san'atini rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma'naviy-ma'rifiy hayotida alohida e'tiborga sazovor bölgan, xalqaro miqyosda e'tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy işlari uçun
Birinçi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida (fan va texnika sohasida közda tutilgan 1 ta birinçi darajali Davlat mukofoti örniga 2017 yil uçun istisno tariqasida 2 ta birinçi darajali mukofot berilişi belgilansin):
- Ayupov Şavkat Abdullayeviç, Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenoviç, Omirov Bahrom Abdazoviç, Roziqov Ötkir Abdulloyeviçga - «Noassotsiativ algebralar, differensiallaş va noçiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantiriş» fundamental tadqiqoti uçun;
- Inoyatova Flora Ilyasovna, Axmedova Dilorom Ilxamovna, Amonov Şavkat Ergaşeviçga - «Oğir eşitiş zaifligi va karligi bölgan bolalarning reabilitatsiyasi» amaliy tadqiqoti uçun;
adabiyot sohasi böyiça:
- Qodirov Pirimqulga (marhum) - «Amir Temur siymosi» va «Til va el» asarlari uçun;
san'at va me'morçilik sohasi böyiça:
- Matyakubov Otanazarga - özbek klassik musiqasining tarixi, nazariy asoslari va zamonaviy jarayonlarga ta'siri haqidagi tadqiqotlar turkumi. «Maqomot», «Buxoro Şaşmaqomiga yana bir nazar», «Xorazm nota yozuvining tarixi va tamoyillari», «Özbek klassik musiqasi asarlari» (ikki tomli, özbek va rus tillarida) kabi musiqaşunoslikka oid asarlar majmuasi uçun;
Ikkinçi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
- Tillyaşayxov Mirzagaleb Nigmatoviç, Parpiyeva Nargiza Nusratovna, Belotserkovets Vera Georgiyevnaga - «Özbekiston Respublikasida aholiga körsatiladigan silga qarşi xizmatni takomillaştirişning fundamental asosini yaratiş» amaliy tadqiqoti uçun;
adabiyot sohasi böyiça:
Saidov Sirojiddin Salohoviç (Sirojiddin Sayyid)ga - «Oçil, ey gul, ki böston vaqti böldi» kitobi uçun;
san'at va me'morçilik sohasi böyiça:
- Şayakubov Şaxalil Karimoviçga - «Zamonaviy Özbekiston miniatyurasi» (özbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albomi uçun.












