Germaniyaning Hamburg şahrida AIBA şafeligi ostida boks böyiça Jahon çempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinçi kunida 52 kilogramgaça bölgan yengil vaznli boksçilar iştirokida birinçi saralaş bosqiçi bellaşuvida hamyurtimiz Jasurbek Latipov puerta rikolik Yankiel Riveraga qarşi ringga çiqdi va 5:0 hisobida ğalaba qozondi.
Bolgariyalik, filippinlik, marokaşlik, kubalik va yaponiyalik hakamlardan iborat beş hakamning barçasi 30:27 hisobida har uç raundda hamyurtimiz ğalaba qozonganini qayd etişdi.
Jasurbek Latipov 28 avgust kuni ikkinçi saralaş bosqiçida bolgariyalik boksçi Daniyel Asenovga qarşi ringga kötariladi.
Sizlarga ertaga 27 avgust kuni ringga çiqadigan boksçilarimiz haqidagi ma'lumotni taqdim etamiz:
49 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 27 avgust
Hasanboy Dösmatov (Özbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika)
56 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 27 avgust
Murodjon Ahmadaliyev (Özbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozoğiston)
64 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 27 avgust
Iqboljon Xoldorov (Özbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya)
75 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 27 avgust
Isroil Madrimov (Özbekiston) - Aziz Oçilov (Turkmaniston)
91 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 27 avgust
Sanjar Tursunov (Özbekiston) – Yara Peralta (Argentina)












