Elle jurnalining Fransiya prezidenti rafiqasi Brijit Makronga bağişlangan soni oxirgi 10 yil içida jurnalning eng köp sotilgan soni böldi. Butun dunyo böylab jurnalxonlar jurnalning uşbu sonidan yarim million nusxa sotib olişga ulgurişdi, deb ma'lum qildi Le Journal du Dimanche naşri.

Elle’ning Brijit Makronning 10 sahifalik intervyusi berilgan va muqovasida uning surati bölgan soni 18 avgustda sotuvga çiqarilgan. Jurnalning uşbu sonidan 530 ming dona sotib olingan, internetda Fransiya birinçi xonimining intervyusini 30 mln dan köproq odam öqigan. Uşbu intervyuda Brijit Makron Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muhabbati tarixi, Yelisey saroyidagi ilk kunlari, Fransiya birinçi xonimi sifatidagi roli va vazifalari, uning faoliyati bilan boğliq xarajatlar maxsus xartiya orqali biriktirilişi haqidagi ma'lumotlar bilan örtoqlaşgan. Bu Brijit Makronga uning isrofgarçilikka yöl qöyişi sababli birinçi xonim maqomini berişga qarşi petitsiyaga javob böldi.

Ma'lum qilinişiça, jurnalning uşbu soni nafaqat Fransiyada, balki boşqa davlatlarda, jumladan AQŞ va Germaniyada muvaffaqiyatga erişdi.