Toşkent viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan hamkorlikda Örtaçirçiq tumanida ötkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida fuqaro D.Q. bir guruh fuqarolar işonçiga kirib, firibgarlik yöli bilan ulardan 10 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini olgan vaqtda uşlandi. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Muqaddam, fuqarolar A.M. va Ş.Ğ. viloyatning huquqni muhofaza qiluvçi organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda D.Q. özini Toşkent şahridagi restoranlardan birining rahbari sifatida taniştirib, huquqni muxofaza qiluvçi va boşqa davlat organlarida işlab kelayotgan tanişlari orqali yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkasi ajratib berilişida amaliy yordam körsatiş evaziga ulardan 25 ming AQŞ dollari talab qilib kelayotganligini körsatişgan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28-211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib (firibgarlik va pora berişga undaş), tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.