Yaponiyadagi "Shinkansen" tezyurar poyezdlarining mamlakat şimoli va şimoli-şarqidagi  harakati vaqtinça töxtatildi. Bunga Şimoliy Koreyaning ballistik raketa uçirgani sabab böldi, deb xabar qilmoqda JR temir yöl kompaniyasi. Harakatlaniş xavfsizlik tizimlari tekşirilganidan söng qayta boşlangan.

Şu bilan bir vaqtda, Yaponiyaning asosiy All Nippon Airways va Japan Airlines aviataşuvçilarining ma'lum qilişiça, raketa uçirilişi aviaparvozlarga ta'sir körsatmagan. 

Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Suganing aytişiça, KXDR raketasi Hokkaydo orolining Erimo burnidan 1,18 ming km uzoqlikdagi şarq tomon Tinç okeaniga qulagan.