Sky Sports va «Mançester Yunayted» manbalarining xabarlariga qaraganda, Aleksis Sançes seriali kutilmagan burilişlari bilan davom etmoqda. 

Birinçidan, «Mançester Yunayted» futbolçi uçun kuraşdan çiqdi, demoqda klub bilan boğliq manbalar. Sababi, Aleksis Sançes faqat «Mançester Siti»ga ötişni istamoqda va bu haqida xabar topgan «MYu» vakillari kuraşdan çiqişgan. 

Sançesni APL klubiga sotişni istamayotgan «Arsenal» esa, yakunda bunga majbur bölişi mumkin. Çililik hujumçiga da'vogar sanalgan «Bavariya» jim bölib ketdi, «PSJ» esa, Mbappeni tanladi. 

Şunday bölsa-da, londonliklar «Mançester Siti» taklif qilayotgan Rahim Sterlingga qiziqiş bildirmayaptilar. Sky Sports ma'lumotiga qaraganda, «Arsenal» Sançesning transferiga Serxio Agueroni ham qöşişni istamoqda. 

Serxio Aguero «Mançester Siti»ning sönggi öyinida zaxirada qoldirilgaç, u jamoani tark etişi mumkinligi haqida taxminlar paydo bölgandi.

«Mançester Siti» öz yulduzini Aleksis Sançesga almaşmoqçi