Angliya: «MU» inqirozdan çiqolmayapti, «Brayton» hazillaşmayapti

«Çelsi» – «Mançester Yunayted» 2:0
Gollar: Rodjers, 50 (1:0). Palmer, 64 – penalti (2:0)
«Çelsi»: Penders, Fofana, Kolvill, Palestra (Çavarriya, 74), Açimpong, Kaysedo (Gyusto, 87), Lavia, Palmer (Kenda, 90), Rodjers, Estevao (Barko, 87), Pedru Netu (Uelbek, 87)
«Mançester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Martines, Dalot, Yoro, Santos (Heven, 66), Baleba (Maynu, 58), Brunu Fernandeş, Kunya (Maunt, 66), Diallo (Zirkze, 77), Mbemo
Ogohlantirişlar: Penders, 90 – Martines, 59. Maguayr, 65. Maynu, 70. Mbemo, 81. Zirkze, 86
Çetlatiş: Martines, 63 (ikkinçi sariq)

«MU»ning mavsum startidagi omadsizliklari davom etmoqda. Kerrik şogirdlari APLda birgina öyinda, çempionşipdan çiqqan «Ipsviç» ustidan ğalabaga erişgan, jamoa içki muhiti buzilgan.

Öyinning birinçi bölimida «qizil iblislar» tengma-teng kuraş olib borişdi, bir neça xavfli vaziyatlarga ega bölişdi, golga mezbonlardan köra yaqinroq bölişdi. «Çelsi» himoyasi tez-tez himoyada xatolarga yöl qöydi, 32-daqiqada Amad Diallo Fofananing xatosidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo Penders işonçli harakat qildi.

Biroz ötib burçak zarbasidan keyin mehmonlar darvozani işğol etişdi va golni uzoq nişonlaşdi. Ammo vaziyatga VAR aralaşib, hujumda fol qayd etdi va Kunyaning goli bekor qilindi.

Bölim oxirida Diallo yana bir bor Fofanani aldab ötib, yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi, ammo bu safar ham aniq zarba bera olmadi.

Ikkinçi bölim boşida esa Rodjers maydon markazidan reyd uyuştirib, heç qanday qarşiliksiz raqib jarima maydoniga kirib bordi va hujumni özi yakunladi.

Bu gol mehmonlar kayfiyatiga jiddiy taʼsir körsatdi va muxlislarga birinçi bölimdagi öyinini körsatib bera olmadi.

Köp ötmay londonliklar burçak zarbasi ijro etganida jarima maydoni içida Martines tirsagi bilan raqibga zarba berdi, videotakrordan keyin mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi, qoidabuzar esa maydondan çetlatildi. Palmer 11 metrdan aniq zarba yöllab, öyin taqdirini hal qildi.