27 avgust kuni Samarqand şahrida BMT Jahon sayyohlik taşkiloti boş kotibi Taleb Rifai Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uçraşdi. Uçraşuv mobaynida turizm sohasi bilan boğliq bir qator masalalar muhokama qilindi, jahon mamlakatlari iqtisodiyotida sohaning tutgan örni, aholi bandligini ta'minlaşda va daromadlarini oşirişda sayyohlik xizmatlari ahamiyati va turlari haqida tomonlar konstruktiv fikr almaşdilar.

Taleb Rifai Özbekiston hukumati, şaxsan davlat rahbarining sohaga qaratayotgan alohida e'tiboridan mamnun ekani va bu e'tibor ortidan mamlakat iqtisodiyoti, infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, aholi farovonligi, yaşaş şaroitlarini yaxşilar, ota-bobolardan qolgan moddiy va ma'naviy merosni qadrlaş va çet ellarga tanitiş, mamlakat nomini uluğlaş kabi köplab ezgu natijalarga erişiş yotganligini sezib turganligini aytdi.

Samimiy davom etgan muloqot mobaynida A.Abduhakimov öz navbatida Butunjahon turizm taşkiloti bilan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda sohada zarur mutaxassislarni yurtimizga jalb qilişda, tarğibot kampaniyalarini birgalikda taşkil etişga hamda jahonning turizm sohasida yetakçi mamlakatlari tajribasini yurtimiz şaroitiga tadbiq qiliş, buning uçun zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş kabi köplab takliflari bilan örtoqlaşdi.