«Arsenal» yarim himoyaçisi Aleks Oksleyd-Çemberlen «Liverpul»ga ötişi oydinlaşmoqda.

24 yoşli bu xavbek yangi klubi bilan 2022 yilgaça amalda böladigan yangi şartnoma imzolaydi.

Oksleyd-Çemberlen «Liverpul»da haftasiga 120 ming funt miqdorida maoş oladi.

Bundan avvalroq futbolçi «Arsenal» bilan şartnomani uzaytirişdan boş tortgandi. London klubi unga haftasiga 180 ming funt miqdorida maoş tölaş nazarda tutilgan şartnoma taklif etgandi.

«Liverpul» va «Arsenal» Oksleyd-Çemberlen transferi borasida kelişuvga erişib bölgan, unga köra «Arsenal» futbolçi uçun 40 million funt işlaydi.