«Mançester Yunayted» – «Bornmut» 0:3
Gollar: Rayan, 38 (0:1). Taverne, 43 (0:2). Evanilson, 71 (0:3)
«Mançester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Heven (Martines, 65), Dalot, Yoro, Santos, Baleba (Zirkze, 72), Tilemans (Kunya, 46), Maunt, Diallo (Leysi, 78), Mbemo
«Bornmut»: Petroviç, Hill, Silva, Tryuffer, Smit (Diakite, 87), Kuk (Kristi, 75), Adams, Klyuyvert (Douk, 63), Taverne (Adli, 87), Rayan, Evanilson (Krupi, 87)
Ogohlantirişlar: Santos, 22. Heven, 37. Tilemans, 40. Maguayr, 45 – Adams, 27

Mavsum startida qatorasiga yetti öyinni ğalabasiz ötkazgan Maykl Kerrik yakşanba kungi öyindan oldin maydonda boşqaça «MU» bölişini vaʼda qilgandi. Ammo jamoadagi özgariş faqat Brunu Fernandeş zaxira örindiğida qolişi bilan çeklandi.

Ötgan hafta örtasida YeÇLda «Komo»ga qarşi keçgan öyin uçun tanlangan taktikani tanqid qilgan portugaliyalik yarimhimoyaçi zaxiradan ham tuşirilmadi.

Murabbiyning bu qarori deyarli heç narsaga taʼsir qilmadi: amalda jamoaning öyinida heç qanday özgariş yöq edi.

Umuman, jamoa natijalarida birgina murabbiyni ayblab bölmaydi: Dalot, Heven, Maguayr va Yorodan iborat himoya çiziği muttasil tarzda xatolarga yöl qöyişmoqda.

«Bornmut» esa Marko Rozening talablariga asta-sekinlik bilan moslaşib borayotganini körsatmoqda. Hafta örtasida jamoa Yevropa ligasi guruh bosqiçida, mankunianliklarning sobiq boş murabbiyi Ruben Amorim boşçiligidagi «Milan»ni safarda yirik hisobda taslim etgandi (3:0), hafta oxirida esa «Old Trafford»da ham şunday natija qayd etildi.

Öyin taqdiri birinçi bölim oxiridayoq hal böldi. 38-daqiqada jarima zarbasi ijro etilganida mezbonlar olis ustun yaqinida Rayanni yolğiz qoldirişdi, biroz ötib Yoro jarima maydoni yaqinida töp yöqotdi va Tryuffer Taverneni qulay vaziyatga çiqarib yubordi.

Translyatsiya rejissyori ekranda darhol zaxirada ötirgan Brununi namoyiş etdi.

Mezbonlar himoyasi ikkinçi bölimni ham ketma-ket xatolar bilan boşlaşdi. Avvaliga Heven, keyin esa Maguayr xato qildi. Faqatgina «Bornmut»ning zarba bergan hujumçisi ofsayd holatida bölgani tufayli gol bekor qilindi.