Turkiyaning inson huquqlari va erkinliklarini himoyalaş va gumanitar yordam jamğarmasi (IHH) joriy yilda Qurbon hayit munosabati bilan 5 ta qit'adagi 106 ta davlatda muhtoj bölgan 2 mln kişiga qurbonlik göştini ulaşdi.
IHHda ma'lum qilinişiça, göştni taqsimlaşda inqiroz va uruşlar davom etayotgan hududlar va birinçi navbatda Suriya ustuvorlik qildi.
İHH hayit kuni Suriyada 250 ming kişiga göşt ulaşdi.
Jamğarma xodimlari, şuningdek, Myanma va Bangladeşning turli hududlarida yaşovçi musulmonlarga ham göşt ulaşgan.
IHH qurbonlik göştini ulaşadigan davlatlar orasida Nepal, Falastin va Ğazo sektori, Yaman, Sudan, Somali, Filippin, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Ruminiya, Serbiya, Indoneziya, Eritreya, Hindiston, Qirğiziston, Misr, Efiopiya, Ruanda va boşqa köplab davlatlar bor.
Uşbu jamğarma 1992 yilda taşkil etilgan. U diniy va irqiy mansublikdan qat'iy nazar, dunyodagi barça mutoj odamlarga yordam körsatadi. Jamğarma 135 ta davlatda faoliyat yuritadi va uruş, oçarçilik va tabiiy ofatlardan aziyat çekkanlarga yordam körsatadi.












