5 sentabrdan e'tiboran respublikamiz hududida naqd valyuta bilan muomala qiliş qonunga köra ta'qib qilinadi.
Ma'lumki, 2 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi galdagi çora tadbirlar töğrisida»gi Farmonni imzoladi.
Farmon matniga köra, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Davlat soliq qömitasi va Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligiga Özbekiston Respublikasi hududida naqd valyuta bilan noqonuniy muomala qiliş va operatsiyalar ötkazişning oldini oliş uçun amaliy çora-tadbirlar işlab çiqiş vazifasi topşirilgan.
Soddaroq qilib aytilganda, Özbekistonda mavjud valyuta oldi-sotdisiga ixtisoslaşgan «qora bozor»larga qarşi kuraşiş keskinlaşadi.
Eslatib ötamiz, yangi farmonga köra jismoniy va yuridik şaxslarga tijorat banklarining konversion bölimlari orqali çeklanmagan miqdorda valyuta xarid qiliş hamda sotiş imkoniyati taqdim etilmoqda.
Bankdan xarid qilingan valyuta mablağlari konversion xalqaro plastik kartalarga ötkazib beriladi va undan faqat çet ellarda çeklovlarsiz foydalaniş mumkin. Özbekiston hududida barça hisob-kitoblar milliy valyuta — sömda amalga oşiriladi.












