2018 yilda Rossiyada bölib ötadigan JÇ saralaş bosqiçining Osiyo mintaqasida iştirok etadigan Özbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari uçraşuvi oldidan mezbonlar ustozi Samvel Babayan va Jaloliddin Maşaripov matbuot anjumanida iştirok etdi.

— Sardor Raşidovning zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Bu qançalik haqiqat? Umuman bu taomnomani belgilab beradigan oşpazlarning öz işini bilmasligidan dalolat beradimi? 

— Oçiği bu juda murakkab savol. Uning kelib çiqiş sababiga ham çuqur kirişimiz kerak bölardi. Masalan, zaharlangan futbolçilar faqat bir kişi emasdi. Beş nafar futbolçi zaharlandi. Jumladan Odil Ahmedov ham. Ammo kimdir murakkabroq kimdir yengilroq zaharlandi. Bu katta masala. Oçiği bu masalaga çuqurroq kirib borişga harakat qildik. Lekin bu biroz murakkabroq savol bölgani uçun töxtab qoldi. Aynan nima sababdan bunday bölganini bilmaymiz. Uyuştirilganmi? Balki, lekin bunga aniq isbotimiz yöq.