"Andijon" jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan Superliga 7-tur doirasida OKMKga qarşi öyindan (1:2) keyingi matbuot anjumanida öz lavozimini tark etişini ma’lum qildi.

“Birinçi navbatda bugungi natija uçun hammadan uzr sörayman. Nima deyişim mumkin? Tuşuntiriş juda qiyin. Bu hol faoliyatimda birinçi marta röy berdi. Nima bölişi kerak bölsa böldi. Faqat «Andijon»da şu holat bölgani açinarli. Bugungi raqibimiz ham qiyin holatda edi. Öyinni yomon boşlamadik, deb öylayman. Bir qator imkoniyatlarimiz böldi, standartlardan ham foydalansak bölardi. Harakat qildik, ammo töp darvozaga kirmadi. Qanot himosidagi xatolar tufayli gol ötkazdik. Darvozamizdan ikkita töp ötkazdik, tuşuntirişim ança qiyin. Birinçi taymda raqib deyarli unçalik xavfli vaziyatlarni yarata olmadi. Yaxşi harakat qilsak, ğalaba qozonişimiz ham mumkin edi. Yigitlar vaziyatni özgartirişga intilişdi. Bu safar öxşamadi” , dedi u.

Babayanning sözlariga köra, qanday talablar qöyilgan bölsa, klub barçasini bajargan.

“Bu yerga yaxşi niyatlar bilan, klub tarixini yaxşilaş uçun kelgandim. «Andijon»ning çempionatda eng yaxşi natijasi 5-örin bölgan ekan va men buni yaxşilab, yuqoriga kötariş maqsadida kelgandim. Futbolçilar ham bu yerga yuqori maqsadlarni közlab kelişgan. Jamoa uçun barça şaroitlar yaratib berilgan. Töğrisi, erkakça gapiraman: endi bu yerda boşqa harakat qila olmayman. Klub boşqaruvini boşqasiga beraman. Biz bu öyindan avval rahbariyat bilan oçiq va samimiy gaplaşdik. Rosti, endi öz örnimni boşqa insonga topşiraman. Yana aytaman: bu yerga natija qiliş va barçani xursand qiliş uçun kelgandim...

Avval ham aytganman: menda köp vaqt yöq edi va qisqa fursat içida natija körsatişim kerak. Yillar davomida işlab natija körsatişga menda vaqt yöq edi. Viloyat hokimi barça şaroitlarni yaratib, natija uçun jonbozlik bilan harakat qilyapti. Klub yuqori natijalarni körsatişi uçun viloyat hokimi barça işni amalga oşiryapti. Özbek futboli rivojlanişi yölida aynan viloyat hokimi köp işlarni qilyapti. Men kördimki, biz birgalikda bu işlarni bajara olardik. Keçayu kunduz 24 soat işladik va agar 25 soat bölsa ham işlaşga tayyor edik. Afsuski, mehnatlarimiz öxşamadi. Har doim nimadir yetişmadi. Rahbariyat bilan gaplaşdik va jamoani boşqasi boşqarişi kerak. Men va mening murabbiylar ştabim iste’foga çiqamiz”, deya fikrini yakunladi “Andijon” boş murabbiyi.

Joriy yilgi mavsumda "Andijon" jamoasi Samvel Babayan qöl ostida Superligada 7 ta uçraşuv ötkazib, ularning 5 tasida mağlubiyatga uçradi va 2 ta öyinda ğalaba qozondi.