Buryatiya tergov qömitasi 20 yoşli kuraşçi Yuriy Vlaskoning ölimi yuzasidan dastlabki tergov natijalarini e'lon qildi. Ma'lum bölişiça, ösmirlar örtasida ikki karra Yevropa çempioni bölgan sportçi Baykal sohilidagi tungi klublardan birida qizga tegajoğlik qilgan döstining yonini olgani uçun öldirilgan. 

«Jinoyatga Goryaçinskdagi tungi klublardan birida yoş yigit bilan yuz bergan ziddiyat sabab bölgan. U bu yerga Vlasko va boşqa sportçilar bilan birga kelgan. U klubdagi qizlardan biriga tegajoğlik qilgan. Qizning dösti esa, bolani taşqariga olib çiqib, döpposlagan», — deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanişiça, dastlab Vlasko mojaroda iştirok etmagan. 

«Jabrlanuvçi bu vaqtga kelib uxlab yotgan Vlasko va boşqa kuraşçilarni yordamga çaqirgan. Sportçilar ham kaltak yegan yigit iltimosiga binoan voqea sababini aniqlaş maqsadida yöl olişgan. Ular Baykal sohilida bir tödaga duç kelgan. Ular orasida qizning yigiti ham bölgan. 

Vlasko ular bilan suhbatlaşa boşlagan, ammo şu orada ikki yigit unga hujum qilgan. Ulardan biri kuraşçini piçoqlagan, ikkinçisi metall qurol bilan boşiga urgan. Keyin, birinçi hujum qilgan jinoyatçi suvdan toş olib, u bilan jabrlanuvçining boşiga urgan. Buning oqibatida Vlasko hayotdan köz yumgan», — deyiladi xabarda. 

Ma'lum qilinişiça, jinoiy iş yuzasidan ekspertiza işlari ötkazilmoqda, uning natijalari yaqinda ma'lum qilinadi. 

Vlasko 29 iyulga ötar keçasi sodir bölgan muştlaşuvda öldirilgani haqida avval xabar berilgan edi. Uning jasadi Baykal köli yaqinida topilgandi. 

U xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanib, ösmirlar örtasida ikki karra Yevropa çempioni bölgan, jahon çempionatiga tayyorgarlik körayotgan edi.