Osiyo futbol konfederatsiyasi JÇ-2018 saralaşi doirasida Osiyo mintaqasida ötkazilgan oxirgi tur öyinlarini tekşiriş yuzasidan suriştiruv harakatini boşlagani haqida ma'lum qildi.
Ayni paytda OFK vakillari amaliy harakatga ötişdan avval, ötkazilgan barça öyinlarga tegişli hisobot va hujjatlarni qayta körib çiqişini e'lon qilgan. FIFA yurisdiksiyasida öz imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, OFK suriştiruviga yordam berişi belgilangan.
Iyun oyida OFK rahbariyati barça mintaqa iştirokçilariga sport musobaqasining siyosiy betaraflik tamoyilini hurmat qilişi va unga amal qilişga çaqirib xat yuborgandi. Xat matnida taşkilot nizomining 3.2 moddasidan iqtibos keltiriladi: «OFK taşkiloti har qanday siyosiy va diniy masalalarda betaraf».
Eslatib ötamiz, Osiyo mintaqasida «A» guruhida 5 sentabr kuni yöllanmani muddatidan avval naqd qilgan Eron hamda ikkinçi yöllanma uçun imkoniyat saqlab qolgan Suriya örtasida, şuningdek, ikkinçi örinni egallaş uçun Özbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari örtasidagi uçraşuvlar bölib ötdi.
Ikki uçraşuv ham parallel keçdi, Toşkentdagi öyinda hisob oçilmay qoldi, bu öyindan biroz keyinroq yakunlangan Tehrondagi öyinning oxirgi daqiqalarida esa suriyaliklar ikkinçi golni urib, hisobni tenglaştirdi va guruhda uçinçi örinni egallagan holda pley-off öyinlarida iştirok etadigan böldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda OFK katta ehtimol bilan Eron va Suriya terma jamoalari örtasidagi öyinni kelişilganlik da'vosi bilan tekşirişi haqidagi taxminlar tarqaldi. Tekşiruvlar yakunida bu öyin kelişilgani aniqlansa, ikki terma jamoa ham çetlatilişi va ularning örni guruhdagi keyingi örinlardagi Özbekiston va Xitoy terma jamoalari bilan töldirilişi mumkinligi haqida taxminlar bildirilmoqda.
Lekin ayrim ekspertlarning gapiga, xususan yurtdoşimiz, futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayevning sözlariga köra, gap Eron - Suriya uçraşuvi haqida bormayapti. Mutaxassisning tuşuntirişiça, OFKdagi xabarda «Iyun oyida OFK rahbariyati barça mintaqa iştirokçilariga sport musobaqasining siyosiy betaraflik tamoyilini hurmat qilişi va unga amal qilişga çaqirib xat yuborgandi», deyilmoqda.
Iyun oyida esa Yaqin Şarq mintaqasida Qatar bilan boğliq diplomatik muammolar yuzaga kelgan edi. BAA va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga Qatarning BeIN Sport telekanali xodimlari musobaqani yoritişga qöyilmagani haqida şikoyatlar OFKga jönatilgan. BeIN Sport telekanali esa OFKning rasmiy hamkori hisoblanadi.
5 sentabr kuni esa Eron - Suriya uçraşuvidan taşqari Saudiya Arabistoni - Yaponiya uçraşuvi bölib ötgan va unda saudiyaliklar yaponlar ustidan minimal hisobda ğalaba qozonib, JÇ-2018ning törtinçi yöllanmasiga egalik qilişgandi. Aftidan, uşbu uçraşuvga ham BeIN Sport telekanali xodimlari qöyilmagan bölişi mumkin.












