2017 yilning 6-8-sentabr kunlari Toşkent şahridagi "Özekspomarkaz" milliy körgazmalar majmuasida II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bölib ötmoqda.
Körgazmada AQŞ, Buyuk Britaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya kabi qirqdan ortiq mamlakatdan qişloq xöjaligi sohasiga ixtisoslaşgan vazirlik va idoralar, savdo-sanoat palatalari, logistika kompaniyalari, meva-sabzavotçilik sohasida faoliyat yurituvçi kompaniya vakillari qatnaşmoqda.
Yarmarkani taşkil etişdan közlangan asosiy vazifalari:
— xorijiy hamkorlarni Özbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari bilan taniştiriş;
- meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiruvçilar, qayta işlovçi korxonalar va xorijiy import qiluvçi kompaniyalar örtasida uzoq muddatli, istiqbolli va özaro manfaatli hamkorlik örnatiş;
— meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beriş böyiça bitim va şartnomalar imzolaşdir.
Yarmarkada muvaffaqiyatli iştirok etayotgan Namangan viloyati vakillari ham tadbirning ikkinçi kunidayoq közda tutilgan şartnomalarni ortiği bilan imzolaşga ulgurişdi. Olma-anorlari bilan dong taratga mazkur viloyatning dehkonlari, tadbirkorlari, agro firmalari 20ga yaqin davlat bilan 120 million AQŞ dollariga teng şartnoma imzolaşga muvaffaq bölişdi.
"KUN.UZ" muxbiri xalqaro yarmarkaning ikkinçi kunidan tayyorlagan fotoreportajni tomoşa qiling.





































