Bugun Özekspomarkazda Özbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “THE SAYS LOT” MÇJ tomonidan taşkillaştirilgan “Ipak yölida turizm” Toşkent Xalqaro turizm yarmarkasi bölib ötdi. Tadbirni Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov oçib berdi.

Vazir öz nutqida uşbu xalqaro turizm yarmarkasining ahamiyatiga ham töxtalib ötdi:

“Ipak yölida turizm” 2022 yilgi Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi dunyoning 30 mamlakatidan 300 nafardan ortiq soha vakillarini özida töplagan.

Uç kun davomida soha mutaxassislari iştirokida forum va sessiyalar, mahorat darslari bölib ötadi.

Şu bilan birga, turizm sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etuvçi B2B uçraşuvlari ötkaziladi. Qolaversa, tadbirga taşrif buyurgan mehmonlar bir pavilonning özida Özbekistonning barça hududlarining turizm salohiyati bilan tanişiş imkoniga ega bölişadi”, – dedi Aziz Abduhakimov.

Turizm vaziri va çet ellik mehmonlar Özbekistonning 12 ta viloyati va xorijiy sayyohlik xizmatlarini taklif qilayotgan stendlarga ham taşrif buyurişdi.

Turizm va madaniy meros vazirligi vaziri maslahatçisi Timur Mirzayev quyidagiça ta’kidladi:

“Biz turizm potensialimizning hamma jihatlarini yoritişga harakat qilganmiz. 30 ta mamlakatdan 300 dan ziyod ekspert taşrif buyurgan.

Imkon qadar Özbekistonning 2022 yil mobaynida erişgan yutuqlarining barçasini turli taqdimotlar, u yerdagi mahalliy va xorijiy stendlar orqali namoyiş qilişga harakat qilganmiz”, - dedi vazir maslahatçisi.