12-15 dekabr kunlari “Özekspomarkaz” milliy körgazmalar markazida Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toşkent şahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida taşkil etilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bölib ötdi.

Tadbirda Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev, Prezident maslahatçisi örinbosari Galina Saidova, vazirlik hamda Toşkent şahar hokimligi mas’ul xodimlari, sanoat va moliya kompaniyalari rahbarlari, tadbirkorlar hamda OAV vakillari iştirok etdi.

“Özekspomarkaz” milliy körgazmalar markazida umumiy maydoni 15 000 kv.m.ni taşkil etgan ekspozitsiyalarda jami 4 627 ta tadbirkorlik sub’yektlari iştirok etib, şulardan 763 ta işlab çiqariş korxonasi özlari tomonidan işlab çiqarilgan 6 181 turdagi mahsulotlar bilan qatnaşdi. Yarmarka davomida yangi loyihalar doirasida “mahalliy kontent” uluşini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Reklama