Bugun, 8 sentabr kuni Samarqand viloyat musiqali drama teatrida yangi «103-teatr mavsumi» oçiliş marosimi bölib ötdi.

Mavsum oçilişida yiğilganlarga ötgan 102-teatr mavsumi mobaynida amalga oşirilgan faoliyat, erişilgan yutuqlar, sahnalaştirilgan yangi asarlar haqida qisqaça ma'lumotlar berildi.

Jumladan, joriy yilda bölib ötgan «E'tirof-2016» Respublika tanlovida Samarqand viloyat musiqali drama teatrining «Mirzo Uluğbek» spektakli «Yilning eng yaxşi spektakli», deb topildi.

Ötgan mavsumda maşhur spektakllarni sahnalaştiriş borasida Respublikada barakali ijod yuritayotgan rejissyorlar — Valixon Umarov, Bahodir Nazarov, Jörabek Rözmetov, Ovlaquli Xöjaquliyev, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev taklif etildi va ular bilan ijodiy hamkorlikda işlangan.

Teatrda «Ustoz va şogird» mahorat maktabi bir oy davomida ijodkor yoşlarni bir joyga jamlagan. Respublikadan taklif etilgan mutaxassislar, ustoz va murabbiylar iştirokida sahna nutqi, aktyorlik mahorati, rejissura işi, xor va raqsdan mahorat darslari ötilgan.

Yangi mavsumning oçiliş marosimida ariyalardan, musiqali dramalardan parçalar kuylab berildi. «Mirzo Uluğbek» spektaklidan sahna körinişi ijro etildi. Sözga çiqqanlardan «Nuroniy» jamğarmasi viloyat bölimi raisi H.Normurodov, taniqli adib va publitsist Nusrat Rahmat, çet tillar instituti professori Yusuf Abdullayev va boşqa mehmonlar teatr jamoasiga yangi mavsumda ijodiy zafarlar va omad tilaşdi.

 

— Mavsum turk dramaturgi Tunjar Jujanöğlining asari asosida rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalaştirilgan «Köçki» spektakli — psixologik drama bilan boşlanmoqda, — dedi teatr direktori va badiiy rahbari Bahodir Şarofov. — Yangi mavsumda repertuarimizdan 13ta spektakl örin olgan. Ularda ham teatr ixlosmandlari va tomoşabinlar e'tiboriga ezgulikni, yurtparvarlikni, insoniy fazilatlarni kamol toptirişga xizmat qiladigan, sermazmun, hayotiy asarlar sahnalaştiriş rejalaştirilgan».

 

Şuhrat Şokirjonov,

KUN.UZ muxbiri.