Samarqand şahridagi Şohi Zinda köçasi uzra piyodalarni Islom Karimov köçasiga olib çiqadigan zamonaviy yöl ötkazgiç barpo etildi, deb yozadi «Samarkandskiy vestnik» gazetasi.

Özbekiston Respublikasining Birinçi prezidenti Islom Karimov dafn etilgan joyda — Hazrati Xizr masjidi atrofida yodgorlik majmuasi barpo etilişi munosabati bilan hududda keng miqyosdagi rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Bajarilgan işlar natijasida qisqa muddat içida Vohid Abdullayev va Şohi Zinda köçalari kesişmasi tanib bölmas darajada özgariş kasb etdi. Majmua ziyoratçilari uçun şaroitlarni yaxşilaş maqsadida bu yerga zinalar, ayvonlar va avtomaşinalar töxtaş joylari barpo etildi.
— Şohi Zinda köçasi uzra barpo etilgan piyodalar yöl ötkazgiçi bir yarim oy içida qurib bitkazildi, — deydi «Samviloyatqurilişservis» MÇJ direktori örinbosari Akmal Töxtamurodov. — Ayni paytda hududni obodonlaştiriş işlarida ellikka yaqin odam band.
Birinçi prezidentning yodgorlik majmuasi 2018 yilning 30 yanvarida — Islom Karimov tavalludiga 80 yil tölişi munosabati bilan oçilişi közda tutilgan.
Jurnalistlar R.Yormuhammad va A.Xaritonov (foto) xabari.



