Isroilda hukumat tuziş uçun kuraş

7-noyabr kuni Isroil prezidenti Isxak Hersog boş vazir Binyamin Netanyahuning asosiy raqibi, armiya Boş ştabining sobiq boşliği Gadi Ayzenkotga yangi hukumat tuziş vakolatini berdi.

27-oktabr kuni bölib ötgan saylovda Netanyahuning «Likud» partiyasi diniy-millatçi koalitsiya bilan birga jami 53 örin oldi. Bu hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 öringa yetmaydi.

Ayzenkotning «Yaşar» partiyasi 21 örin, uning tört partiyadan iborat bloki esa 48 örin oldi. Arab ozçiligining ikki partiyasi esa ilgari kuzatilmagan darajada, yaʼni 19 örin qölga kiritdi.

Arab partiyalari bilan birga Ayzenkot köpçilikka ega bölişi mumkin, biroq u ular bilan ittifoq tuzişni rad etgan. Şunga qaramay, Netanyahu siyosatini irqçilik deb bilgan arab yetakçilari Ayzenkotni tavsiya qildi. Natijada u eng köp qöllov olgan nomzodga aylandi.

Ayzenkotga hukumat tuziş uçun 28 kun beriladi, bu muddat yana 14 kunga uzaytirilişi mumkin. Reuters'ning yozişiça, uning oldida uçta yöl bor.

Birinçisi, arab partiyalari muhim masalalarda qöllab-quvvatlaydigan ozçilik hukumati. Ikkinçisi, ilgari özi çetlab kelgan ultra-ortodoks partiyalar bilan koalitsiya. Uçinçisi, Netanyahu bilan birlik hukumati. Biroq tahlilçilar bu variantlar röyobga çiqişi qiyin, deb hisoblaydi.

66 yoşli Ayzenkot siyosatga 2022-yilda kirgan. 2023-yildagi Hamas hujumidan keyin u Netanyahuning uruş hukumatida qisqa muddat işlab, muxolifatga qaytgan. Şundan buyon u Netanyahuni, jumladan, Ğazodagi harbiy amaliyotni boşqarişi uçun oçiq tanqid qilib kelyapti va u bilan bir hukumatda işlamaslikka qasam içgandi.

Agar Ayzenkot hukumat tuza olmasa, bu vazifa boşqa nomzodga topşiriladi. Taxminan 100 kun içida heç kim hukumat tuza olmasa, Isroilda yana saylov ötkaziladi. Bunga qadar Isroil hukumati boşqaruvi Netanyahuda qoladi.

Misrda poyezdlar töqnaşdi

Misrning Giza şahri yaqinida ikki yölovçi poyezdi töqnaşişi oqibatida kamida 7 kişi halok böldi, 110 dan ortiq inson jarohatlandi.

Misr temiryöl boşqarmasining maʼlum qilişiça, 8-noyabr kuni tuşdan söng Gizadan Fayyumga ketayotgan poyezd relsda töxtab turgan boşqa poyezdning orqa qismiga urilgan. Töqnaşuv natijasida bir neçta vagon izidan çiqib, qiyalikdan pastga qulab tuşdi. Halok bölganlar orasida poyezd maşinistlaridan biri ham bor.