Bu haqda 9-noyabr kuni prezidentning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi. Tafsilotlarni davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov eʼlon qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston elektrotexnika korxonalari xorijiy davlat xaridlarida iştirok etiş böyiça tajriba töplamoqda. Jumladan, NURA Electric korxonasi Kambodjada 2 million dollarlik tenderni qölga kiritgan.

Biroq yirik xalqaro tenderlarda iştirok etiş uçun bank kafolatini oliş tartibi mahalliy tadbirkorlarga qiyinçilik tuğdirmoqda.

Masalan, 10 million dollarlik bank kafolatini oliş uçun şunga mos garov taʼminoti talab etiladi.

Şu munosabat bilan prezident işlab çiqariş tajribasi, barqaror aylanmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud korxonalarni qöllab-quvvatlaş muhimligini taʼkidladi.

Banklarga korxonalarning moliyaviy holatini baholaş asosida kafolat berişning soddalaştirilgan tartibini işlab çiqiş va bir oy içida tadbirkorlarga eʼlon qiliş topşirildi.

Yirik investitsiya loyihalarida mahalliy mahsulotlarga talab kuçaytiriladi

Yiğilişda mahalliy elektrotexnika mahsulotlariga içki bozorda talabni rağbatlantiriş böyiça yangi mexanizmlar ham belgilandi.

Hozirda energetika sohasidagi xususiy şeriklik loyihalarida mahalliy mahsulotlar uluşi kamida 25 foiz, kabel mahsulotlari böyiça esa 70 foiz bölişi talabi amal qilmoqda.

Endilikda uşbu talablar alohida soliq va boşqa imtiyozlardan foydalanayotgan yoki davlatdan arzon resurslar olgan, qiymati 10 million dollardan yuqori investitsiya loyihalariga ham tatbiq etiladi.

Bu orqali yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanişni kengaytiriş közda tutilmoqda.

«Şaffof quriliş»da energetika uçun alohida maydonça oçiladi

Muloqotda energetika loyihalarida iştirok etayotgan mahalliy korxonalar duç kelayotgan muammolar ham körib çiqildi.

Bugungi kunda podstansiyalar, transformatorlar, elektr şkaflari va yuqori kuçlanişli kabellar işlab çiqaruvçi korxonalar quriliş-montaj xizmatlarini ham taklif etmoqda.