Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, xorijiy investorlar hamda mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, mahalliy maişiy texnika savdosini rağbatlantiriş va aholi uçun qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida yangi moliyaviy mexanizm işlab çiqiladi.

Unga köra, tijorat banklari tomonidan Özbekistonda işlab çiqarilgan muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalar xaridi uçun yillik 18 foiz stavkada isteʼmol kreditlari ajratiş közda tutilmoqda.

Mazkur mexanizm bir tomondan oilalarning zamonaviy maişiy texnika xarid qiliş imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinçi tomondan mahalliy korxonalar mahsulotlariga talabni oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Prezident mutasaddilarga ikki hafta içida tegişli hisob-kitoblarni tayyorlaş hamda tijorat banklariga uşbu maqsadlar uçun arzon moliyaviy resurslar joylaştiriş böyiça aniq taklif kiritişni topşirdi.

Hozirça kreditlar qaysi sanadan boşlab ajratilişi, ularning muddati va boşqa şartlari maʼlum qilinmagan.

Muloqot davomida davlat rahbari xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlarning taklif hamda taşabbuslarini ham tingladi.