Xitoyning «Şanghay Şenhua» klubi yangi boş murabbiyi Vu Tszinsu jamoa hujumçisi Karlos Teves yaqin vaqtdagi uçraşuvlarda iştirok etmasligini ma'lum qildi.
«Teves jismoniy jihatdan tayyor emas. U keragidan ortiqça vazn töplab yuborgan. Bu holatni Guarinda ham kuzatiş mumkin.
Jamoa va futbolçilar uçun mas'uliyatni özim zimmamga olganman. Agar sen öynay olmaydigan darajada bölsang, uçraşuv qaydnomasiga kiritilişga haqqing yöq», – deya murabbiyning sözlarini keltiradi Sky Sports.
Eslatib ötamiz, 33 yoşli Teves dunyoning eng köp maoş oladigan futbolçisi sanaladi.












