Xitoy Sport işlari böyiça boş ma'muriyati ma'lum qildiki, futbol klublarining transferlar uçun sarflaydigan xarajatlari miqdori çeklanadi. Vazirlik «Şanxay Şenxua» jamoasi «Boka Xuniors»dan Karlos Tevesni transfer qilib, katta şov-şuv kötarganidan keyin şunday qaror qabul qilgan.

Argentinalik futbolçi Oçiq osmon ostidagi ölkaga keliş orqali dunyoning eng qimmatbaho futbolçisiga aylandi. 33 yoşda bölgan bu futbolçiga haftasiga 780 ming yevro miqdorida maoş tayinlangan va u 2 yil davomida 60 million yevro işlab oladi.

«Aqlsizlik bilan kapital sarflaşni nazorat qiliş maqsadida futbolçilarning maoşlari va transfer qiymatlariga muayyan çegara örnatiladi. Klublar yulduz futbolçilarni tarkibga jalb etişda katta pullar sarflaşdan tiyilişi kerak böladi.

Xorijdan futbolçilarni olib kelişda va ularga maoş belgilaşda klublar haddan taşqari köp pul sarflaşi e'tiborni tortmoqda va bu ba'zi muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Biz tartibsiz transferlarga va şartnomalarga qarşi kuraşamiz. Qoida buzgan futbolçilar va agentlar jiddiy jazolanadi», – deyilgan ma'muriyat bayonotida.