Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Unda rasmiy delegatsiyalar a'zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari iştirok etdi. Muzokarada mamlakatlar örtasidagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. 

Qozoğiston Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi davom etmoqda.