Qozoğiston poytaxti Ostona şahridagi «Atlant» majmuasiga qaraşli köp qavatli turarjoy binosidan pul töldirilgan sakkizta çamadon uloqtirib yuborildi, deb xabar berdi Qozoğiston va Rossiya matbuoti voqea guvohlari olgan videotasvirlarga tayanib. Xabarlarda 80 million dollar miqdoridagi summa haqida söz bormoqda.
Hozirça Qozoğiston huquq-tartibot idoralari pulli çamadonlar haqidagi xabarlarga izoh bermadi.
Uşbu hodisa «Samruk-Kazyna» davlat jamğarmasi boşqaruvi raisi Nurlan Jaqupov hamda «KTJ» milliy temiryöl kompaniyasi rahbari Eljas Otinşievning korrupsiyaga oid iş doirasida qölga olinişi bilan boğliq bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. «KTJ» ofisi aynan «Atlant» turarjoy majmuasi yonida joylaşgan.
Biroq, hozirça, pulli çamadonlar va top-menejerlarning qölga olinişi örtasidagi boğliqlik rasman tasdiqlanmagadi.













