Isko hamişa öz yaqinlariga «Real» tarkibida dunyoning eng yaxşi futbolçilaridan biriga aylanişi mumkinligi haqida gapirib kelgan. U hatto bir yil oldin, madridliklar jamoasi boş murabbiyi Zaynidin Zidan uni asosiy tarkibdan çiqargan va uning «Barselona»ga ötişi haqida xabarlar tarqalganida ham şunday fikrda edi. Kataloniyaliklar Iskoni Inestaga örinbosar sifatida körişgandi. Rejaga köra u 2018 yildan «Barselona»ga ötib, 20 mln yevro miqdorida yillik maoş olişi kutilgandi. Ammo futbolçi qolişga va öziga imkoniyat berilişini kutişga qaror qildi. «Men osongina taslim bölmayman. Bilaman, men «Real»da muvaffaqiyatga erişaman», – degandi ispaniyalik futbolçi.

Isko 2016/17 yilgi mavsumda jamoaning Çempionlar ligasidagi 10 öyinidan faqat ikkitasida maydonga tuşdi, «Sporting»ga qarşi öyinda 67, «Napoli» bilan öyinda esa 10 daqiqa harakat qildi. Primeradagi iştiroki esa Beylning jismoniy holatiga boğliq bölardi. Ammo futbolçi öziga işondi va terma jamoa safida JÇ-2018 saralaşida Italiyaga qarşi öyinning asosiy tarkibidan joy olib, özining nimalarga qodirligini körsatdi.

Ispaniya va Italiya terma jamoalari öyini natijasi 3:0 bölgani bir terma jamoaning ikkinçisidan haddan oşiq kuçli bölganini anglatmaydi – şunçaki Isko öyinni öz zimmasiga olgandi. U ikki gol urib, öyin davomida maydonning har nuqtasida raqib futbolçilarini ojiz qoldirdi.

«Men hayratdaman. Uning jismoniy holati juda zör. U endi yoş bola emas. Töp yöqotilganida u yaşindek harakat qiladi va töpni qaytarib olmagunça töxtamaydi. U gol urişni qoyillatadi. Avvallari klublar skautlari ortiqça vazni va böyi pastligi uçun uni qadrlaşmasdi. Inesta haqida ham 10 yil oldin şunday deyişmaganmidi? U qanotda ham öynay oladi! Inesta va Isko kabi futbolçilar istalgan joyda öynay olişadi. Isko Italiyaga qarşi öyinda qaysi pozitsiyada öynadi? U hamma joyda hozir edi», – deya uning öyiniga munosabatini bildirgan murabbiylardan biri.

Bunday öyindan keyin avvalgi murabbiylari Iskoning qobiliyatiga yetarliça baho bermagani haqida bemalol aytiş mumkin (Zidan vaqtida ham vaziyat deyarli şunday böldi). Murabbiylar ahmoq bölişganmi yoki avval Isko hozirgidek bölmaganmi?

«Men unga imkon berganman, bir martagina emas, ammo futbolçi imkoniyatidan foydalanmasa, uni majburlayverişmaydi-ku», – deya qayd etgan Unai Emeri Mentalidad Ganadora nomli kitobida. Isko «Valensiya» akademiyasi tarbiyalanuvçisi bölib, 2009 yili asosiy tarkibga ötgan, 2010-2011 yilgi mavsumda Unai Emeri boş murabbiy bölgan davrda u jamoada 4 uçraşuvda maydonga tuşgan.

Keyingi mavsumda esa «Malaga»ga transfer qilinib, u yerda Manuel Pellegrini qöli ostida ikki mavsum muvaffaqiyatli töp surgan.

Emeridan boşlanib Ançelottigaça bölgan futbol mutaxassislari bir xil fikrdalar: unga qanotlarda, himoyada faollik yetişmaydi, tezlik va paslar böyiça körsatkiçlar yuqori emas.

Isko hamişa talantli futbolçi bölgan, ammo çiroyli fintlar asosiy tarkibdan joy uçun garov emas. «Men tentak emasman. Agar Ançelotti, Benites va Zidan meni asosiy tarkibga kiritmagan ekan, gap özimda», – deya tan olgandi Isko. Hozir barçasi özgargan, uning mehnatlari natija bermoqda.

Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasiga boş murabbiy bölişi Iskoning omadi kelişi edi. Bask bölgan bu mutaxassis Iskoga alohida e'tibor qaratdi. «Fransiskoga erkinlik taqdim etiş kerak, u qayerda öynaşni istasa, öşa yerda bölişi kerak. Biz unga işonamiz, hatto u klubida doimiy öyin amaliyotiga ega bölmasa ham. Biz unga işondik va u terma jamoaga foyda keltirmoqda», – deya qayd etgan ispanlar terma jamoasi murabbiyi.

Italiya bilan öyinda ham Lopetegi 25 yoşli futbolçiga işonç bildirdi va hujumçisiz öynaşga qaror qildi. «Talantli futbolçi böliş bor, buyuk futbolçi böliş bor. Isko buyuk futbolçiga aylanmoqda. U ötgan yillar davomida ösdi va haqiqiy yetakçiga aylandi. U «Oltin töp» olişi mumkin», – deya izohlagan bask.

Hatto italyanlar termasi boş murabbiyi Jampero Ventura uning öyinidan hayratlarini yaşira olmadi: «Iskoning öyinini kuzatiş rohat baxş etadi. Maydon markazida Verrattining oyoqlari orasidan töpni olib ötgan vaziyatni qarang. Men unga qarsak çalib yuboray dedim».

Isko Alarkon Yevro-2016 saralaşida 380 daqiqa öynagan va bir gol urgandi. JÇ-2018 saralaşida esa u 356 daqiqa maydonda harakat qilib, 6 gol urişga ulgurdi.

Avval Iskoga öyin amaliyoti yetişmasdi, buning ortidan uning öziga bölgan işonçi yöqolgan. Beylning jarohatidan keyin u asosiy tarkibga qöşila boşladi va qanotlarda ham harakatlanişi mumkinligini namoyiş etdi. Murabbiy undan hujum ortidagi hujumçi va hujumkor yarim himoyaçi amplualarida ham foydalandi.

Bundan keyin ham Zidan BBC uçligiga işonç bildiradimi? Yoki Beyl va Benzemadan köra yaxşiroq formada bölgan Isko va Asensioga yöl oçib beradimi?

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu Isko Inestani almaştira olişiga işonç bildirgandi. Ammo «Real» bugun futbolçi bilan şartnomani uzaytirdi. Futbolçi klub bilan şartnomani 2022 yilgaça uzaytirdi, uning badal puli miqdori 700 mln yevro etib belgilandi (avvalgi şartnomaga köra 150 mln yevro), futbolçining yillik maoşi miqdori 6 million yevro.

Isko oldindagi Yevropa çempionati yoki Jahon çempionatida özini körsatsa, Italiyaga qarşi öyindagi kabi harakatlarni amalga oşirsa, «Oltin töp»ga da'vogarlik qila oladi.