Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentabr kuni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi. 

Prezidentlar poytaxtimizdagi Şayx Xovandi Tohur va Tölabiy maqbaralarini ziyorat qildilar. Şu yerda ommaviy axborot vositalari vakillariga qisqaça intervyu berildi. 

Nursulton Abişeviç taşriflarini muqaddas qadamjolar ziyoratidan boşlaganida katta ma'no bor, dedi Şavkat Mirziyoyev. Çunki Tölabiy xalqlarimiz birdamligi va hamjihatligi yölida xizmat qilgan. Şayx Xovandi Tohur bobomiz ham butun umr elni tinçlik va osoyiştalikka çorlagan. Bugun xalqlarimiz birdamligi yölida qilinayotgan işlar ham ana şu qadimiy döstligimizni yanada mustahkamlaşga qaratilgan. 

Xalqlarimiz buyuk ajdodlarini doimo hurmat qilib kelgan, dedi Nursulton Nazarboyev. Özbekiston zaminida qozoq xalqining ardoqli farzandi Tölabiy dafn etilgan. Tölabiy öz davrining taniqli şaxslaridan biri bölib, qozi sifatida tanilgan. "Jyeti Jarği" qonunlar töplamini tuzişda mualliflardan biri bölgan. Doimo elni birlikka boşlagan. Şavkat Miromonoviçga qozoq xalqining buyuk farzandi Tölabiy maqbarasini obodonlaştirişga qaratayotgan katta e'tibori uçun minnatdorlik bildiraman. Xalqlarimizni buyuk ajdodlarimiz ruhi doimo qöllasin.